Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Tanishing! Superliganing 2023 yilgi ramziy terma jamoasi

Tanishing! Superliganing 2023 yilgi ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shundan kelib chiqib, Superliganing o‘zbekistonlik yulduzlari Katanes bilan Dubayda bo‘lib turibdi. Jamoasini o‘z ortidan ergashtirgan legionerlarimiz esa o‘z oilasi bilan dunyoning turli chekkalarida hordiq chiqarmoqda.

Shundan kelib chiqib, Liga yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini tashkil qilmaslikka qaror qildi. Biz 2023 yilda o‘zini ko‘rsatgan futbolchi va murabbiylarimizni birin-ketin e’lon qilib boramiz. Bu yo‘lda bizga ekspertlarimiz yordam berayotgani haqida ma’lumot bergandik.

Shundan kelib chiqib, biz ramziy jamoa a’zolarini turli vaqtlarda bitta kafeda jamladik. Matnning qolgan qismiga o‘tishdan oldin quyidagi video orqali bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Ramziy terma jamoadan joy olish doim yoqimli. Xursand qiladigan tarafi, har bir pozitsiya uchun ikki-uch nafardan futbolchi jiddiy kurash olib bordi. Ayrim yulduzlarning ramziy terma jamoadan tushib qolganidan o‘zimiz ham hafamiz. Zero ular chindan ham jiddiy ter to‘kishdi. Biroq bizda faqatgina 11 nafar futbolchi uchun joy bor edi. Shundan kelib chiqib, Liga ramziy termasi Sizning qarashlaringizdan farq qilishi mumkin. Ammo ishonamizki, mazkur jamoa ajoyib ijrochilardan tuzib chiqildi.

Biz ramziy terma jamoaga murabbiy sifatida "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakovni tanlab oldik. Zero, "Paxtakor" har yilgidan ham ko‘proq ochko yo‘qotdi. "Nasaf" Superligadan ko‘ra Chempionlar ligasida muvaffaqiyatliroq o‘ynadi. "Navbahor" chempionlik uchun kurash olib bordi, ammo yakunda 3-o‘rin bilan kifoyalandi. OKMK esa Superligada bir bosh baland sakray olmadi. "Neftchi" so‘nggi turlarga borib sovrinli o‘rinlardan chiqib ketdi. "Andijon" esa har qanday holatda ham o‘z qarichidan balandroq sakray oldi.

Hujumdagi uchlik borasida ortiqcha izohga hojat yo‘q. "Surxon" darvozasini qo‘riqlagan Artyom Potapov Superliganing 12 uchrashuvida darvozasi dahlsizligini saqlay oldi hamda "Surxon"ning barcha uchun birdek qiyin raqib bo‘lishiga hissa qo‘shdi. Liga ramziy terma jamoadan joy olgan futbolchilarni bu muvaffaqiyat bilan qutlaydi. Aslida ulardan kam bo‘lmasa-da, faqatgina ovoz berish yakunlariga ko‘ra jamoaga kira olmay qolgan yulduzlarimizdan esa kelasi mavsumda yanada yaxshiroq ishtirok kutib qolamiz.

Superliga-2023. Yil ramziy terma jamoasi

Artyom Potapov (Surxon)

Hojiakbar Alijonov (Paxtakor)

Alibek Davronov (Nasaf)

Sherzod Nasrullayev (Nasaf)

Odil Hamrobekov (Paxtakor)

Jamshid Iskanderov (Navbahor)

Oston O‘runov (Navbahor)

Dragan Cheran (Paxtakor)

Umar Adhamzoda (Neftchi)

Silvanus Nimeli (Surxon)

Rubin Hebay (Andijon)

Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov (Andijon).

Kiritildi: 18:04, 20.12.2023.
O'qildi: 3733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.