Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Agar "MYU" Sanchoni yanvarda sota olmasa, u holda shartnomani bekor qilmoqchi

Agar "MYU" Sanchoni yanvarda sota olmasa, u holda shartnomani bekor qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Jeydon Sanchodan qutulish juda qiyin bo‘lishini biladi. Futbolchining maoshi haftasiga taxminan 400 ming yevroni tashkil qiladi, shu sababli boshqa klublar ingliz futbolchisini hatto ijaraga olishga ham botinolmaydi.

Jurnalist Melissa Redining xabariga ko‘ra, agar "mankunianliklar" yanvar oyida Sanchodan qutulolmasa, klub futbolchi bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Shu tariqa, "Manchester Yunayted" 2021 yilning yozida angliyalik futbolchining transferi uchun sarflangan 80 million yevroning bir qismini ham qoplay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Sancho Erik ten Xag bilan jiddiy ziddiyatga ega edi. Uning jamoadoshlari ham Jaydongga yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi.

Kiritildi: 18:09, 20.12.2023.
O'qildi: 1292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.