Avstraliya terma jamoasi futbolchisi Osiyo kubogi oldidan terma jamoadan ketishini e’lon qildi.
2015 yilgi Osiyo kubogining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan 31 yoshli yarim himoyachi Massimo Luongo ("Ipsvich Taun") xalqaro faoliyatini yakunlashi haqida xabar berdi.
Katta ehtimol bilan, Luongo terma jamoa bosh murabbiyi Grem Arnold tomonidan Osiyo kubogi uchun yakuniy ro‘yxatga kiritilmaganidan keyin ushbu qarorga kelgan.