Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarining qahramonlariga pul mukofotlari topshirildi

Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarining qahramonlariga pul mukofotlari topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga binoan Xanchjou-2022 yozgi Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, ularni tayyorlagan murabbiylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari, sport federasiyalari mas’ullari, sportchi va murabbiylar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov ochib berar ekan, davlatimiz hamisha xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozongan sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlab kelishi, ularga barcha sharoitlarni yaratib berishini ta’kidladi. O‘z navbatida, Vazir Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev sportchilarimizni qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida, xususan, Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik yo‘lida o‘zlarining iliq tilaklarini bildirishdi.

Prezident Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga binoan oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 000, kumush medal egalari 5 000, bronza medali sohiblari 2500 AQSH dollari; ularning murabbiylari esa ushbu summalarning teng yarmi miqdorida, mos ravishda 5 000, 2500 hamda 1250 AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Davlatimizning bunday e’tibori sportchi va murabbiylarimizni ham ilhomlantirdi. Tadbirda so‘z olgan tayekvondo WT bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov va boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, shuningdek, para yengil atletika bahslarida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan Asila Mirzayorova hamda para kanoye bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Dilshod Yo‘ldoshev ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlik yangi Olimpiya yili oldidan katta motivasiya bo‘lishini ta’kidlab, kelgusida bundan ham ulkan g‘alabalar sari mehnat qilishlarini bildirishdi.

Kiritildi: 18:27, 21.12.2023.
O'qildi: 1507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.