Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-1 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 0-0 Nasaf

Uoker: "Sardor sifatida bu yukni yelkaga olishim kerakligini his qilyapman"

Uoker: "Sardor sifatida bu yukni yelkaga olishim kerakligini his qilyapman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqidlar haqida gapirdi.

"Agar men noto‘g‘ri ish qilsam, meni doimo tanqid qilishadi. Bu mening butun faoliyatim davomida shunday bo‘lgan, ammo bu menga davom etishim uchun kuch beradi. Buni ko‘rib turibsiz va men sardor bo‘lganim va bu yomon natijalar mening aybim, deb muxlislar tomonidan juda ko‘p tanqidlar oldim.

Biz bir jamoamiz, bir jamoa bo‘lib o‘ynaymiz. Agar men bitta sport turi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsam, tennis yoki golf o‘ynagan bo‘lardim. Men eng tajribali futbolchilardan biri va sardor sifatida bu yukni yelkaga olishim kerakligini his qilyapman.

Men shunchaki futbolda hamma narsa o‘zgaruvchanligini his qilyapman, odamlar xotiralari qisqa. Esimda, Jeremi Doku yonayotgan edi va birdan Jek Grilish endi kerak emas bo‘lib qoldi. Endi Jek gol urmoqda va biz uni "klubda saqlab qolishimiz" kerak, deyishmoqda. Vaziyat shunday. Bu meni rag‘batlantiradi. Meni yiqitishda davom eting va men qaytib kelaman" - dedi Uoker.

Kiritildi: 22:20, 21.12.2023.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.