Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Mavsum-2023 yakunlari: Tomoshabinlar tashrifi

Mavsum-2023 yakunlari: Tomoshabinlar tashrifi

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumda qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz. O‘zingizga ma’lum, “lochinlar” Superliga – 2023da bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Albatta, bunday ijobiy natijaga erishish ortida klub rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning ulkan mehnatlari samarasi yotibdi.

Shuningdek, maydondagi futbolchilarga muxlislarning ruhan qo‘llab-quvvatlashlari hamda dalda berishlari ham ruhiy quvvat beradi va hujumkorlikni oshirish, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishda muhim omil bo‘lib, xizmat qiladi.

Namangan – futbolsevarlar viloyati ekanligi, “Navbahor” 1991 yili sobiq ittifoq birinchi ligasida o‘ynaganida muxlislar tashrifi bo‘yicha Moskvaning “Spartak” jamoasidan keyin 2-o‘rinni egallaganligi ham bunga misol bo‘la oladi.

Namanganlik ishqibozlarning dovrug‘i Osiyo hamda MDH mamlakatlariga taralgan. Shu bois bo‘lsa kerak, boshqa klublar rahbarlari, murabbiylari va futbolchilari “Navbahor”ga havas bilan qarashadi.

Xo‘sh, o‘z muxlislari bilan dovrug‘ taratgan “lochinlar”ning mavsum – 2023 dagi bahslariga qancha tomoshabin tashrif buyurdi?

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi o‘yinlarini jami 248754 nafar muxlis bevosita stadionlarda tomosha qildi hamda bu borada “lochinlar” barcha Superliga jamoalarini ortda qoldirishdi.

“Navbahor”ning o‘z maydonidagi 13 ta uchrashuviga jami 164090 nafar, safardagi 13 ta o‘yiniga esa jami 84664 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Bitta o‘yinda eng ko‘p muxlis to‘plash bo‘yicha rekord ham jamoamizga tegishli. Superligasining 25-turidan o‘rin olgan, joriy yilning 10 avgust kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:2) uchrashuviga 25260 (!) nafar muxlis tashrif buyurdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:24, 21.12.2023.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.