Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Vaskes: "Bizda ajoyib jamoa bor"

Vaskes: "Bizda ajoyib jamoa bor"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" futbolchisi Lukas Vaskes jamoasining "Alaves"ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi.

Karlo Anchelotti shogirdlari 54-daqiqada Nachoning maydondan chetlatilishi tufayli o‘n kishi bilan qolib ketishdi, biroq uch ochkoni tortib olishga va turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytishga muvaffaq bo‘lishdi. G‘alaba golining muallifi Vaskes bo‘ldi, u ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida darvozani ishg‘ol qildi.

"Bu qiyin o‘yin bo‘ldi, lekin biz ozchilikda bo‘lsa ham g‘alaba qozonish uchun o‘ynashimiz kerakligiga bir soniya ham shubha qilmadik. Bizda ajoyib jamoa bor", - dedi Vaskes Madrid Zone bilan suhbatda.

"Real" 18-turdan keyin "Jirona" kabi 45 ochko to‘pladi. "Los-Blankos" qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kataloniyaliklardan oldinda.

Kiritildi: 10:19, 22.12.2023.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик