Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Pioli durangdan so‘ng: "To‘rt yoki besh marta gol urishimiz mumkin edi"

Pioli durangdan so‘ng: "To‘rt yoki besh marta gol urishimiz mumkin edi"

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoasining "Salernitana"ga (2:2) qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi.

“Rossonerilar” A seriyaning asosiy autsayderiga deyarli yutqazishayotgandi, ammo 90-daqiqada Luka Yovichning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

“Biz kichik xatolarga yo‘l qo‘yamiz, biroq ular qimmatga tushadi va bu ishonchni so‘ndiradi. Yagona ijobiy narsa - futbolchilarning tezkor reaksiyasi.

Biz xarakter va g‘alaba uchun oxirigacha kurashish istagini ko‘rsatdik. Agar bizda mavjud bo‘lgan barcha golli vaziyatlarni hisobga oladigan bo‘lsak, to‘rt yoki besh marta gol urishimiz mumkin edi. Afsuski, o‘yin davom etar ekan, biz "Salernitana"ga o‘ziga ishonish va o‘yinni o‘zgartirishga imkon berdik.

Agar biz buyuk jamoa bo‘lishni istasak, bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", dedi Pioli.

Kiritildi: 10:37, 23.12.2023.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик