Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

"MYU" futbolchisi operasiya qilindi

"MYU" futbolchisi operasiya qilindi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof bo‘lajak o‘yinlarda jamoasiga yordam bermaydi.

Futbolchi 6 dekabr kuni "Chelsi" bilan o‘yindagi jarohati tufayli almashtirilgandi. Bu hafta u allaqachon mashg‘ulotlarda qatnashgan, ammo keyinroq bo‘g‘imdagi kichik muammolar tufayli operasiya qilish kerak bo‘lgan.

Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi va endi shifokorlarning fikricha, futbolchi bir oydan sal ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, himoyachilar Garri Maguayr va Lisandro Martines yanvar oyi o‘rtalarida jarohatidan qaytishi kutilayotgani, yarim himoyachi Kristian Eriksen esa bugun, 23 dekabr kuni "Vest Xem"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi xabar qilingan.

Joriy mavsumda Lindelyof “Manchester Yunayted” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:18, 23.12.2023.
O'qildi: 1202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик