Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman. Angliyalik milliarder “Manchester Yunayted”ning 25% aksiyasini sotib oldi

Rasman. Angliyalik milliarder “Manchester Yunayted”ning 25% aksiyasini sotib oldi

Baho:
+ | -

Britaniyalik tadbirkor Jim Retkliff «Manchester Yunayted» aksioneriga aylandi.

Klub 25% aksiyalarini Retkliffga sotish bo‘yicha kelishuvga erishganligini ma’lum qildi. Bitim 1,25 milliard funtga baholangan.

Xabar qilinishicha, Premyer Liga bilan kelishuvga erishilguncha 6-7 haftagacha vaqt ketadi.

Retkliffga tegishli bo‘lgan Ineos kompaniyasi “Yunayted”ning futbol faoliyati uchun javobgar bo‘ladi. Ular klubga 300 million dollar sarmoya kiritish niyatida.

Jim Retkliff — Ineos kimyo kompaniyasining rahbari. Uning boyligi 29,6 milliard funt sterlingga baholanib, Buyuk Britaniyadagi eng boy odamlar ichida 2-o‘rinni egallab turibdi.

“Qizil iblislar” Angliya Premyer Ligasida 28 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:42, 24.12.2023.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик