Germaniyalik sobiq darvozaboni Zepp Mayer Xarri Keynni Robert Levandovski bilan solishtirgan.
Myunxenda debyut mavsumini o‘tkazayotgan ingliz forvardi barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 21 o‘yin o‘tkazib, Tomas Tuxel jamoasi safida 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Keyn juda yaxshi o‘ynayapti, men so‘z topa olmayapman. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, u juda qisqa fursat ichida "Bavariya"ga bemalol mos tusha oldi.
U Bundesliga uchun juda yaxshi. O‘ylaymanki, Keyn "Bavariya" uchun o‘z vaqtida Levandovskiga qaraganda ancha qadrliroq", - dedi Mayer.