Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Yanvarda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan superyulduzlar

Yanvarda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan superyulduzlar

Baho:
+ | -

Qishki transferlar oynasi yaqinlashgani sari, futbol dunyosi yanada jadallashadi. Biz har yili shu davrda ko‘plab ko‘chishlarga guvoh bo‘lamiz. Quyida esa bizni kutayotgan potensial transferlarni bilib olasiz. Demak, boshladik.

Muhammad Saloh

"Liverpul" to‘purari o‘tgan yozda "Al-Ittihod" tomonidan 215 million funtga sotib olinishi mumkin edi. Biroq, bu transferga mersisaydliklar rahbariyati yo‘l qo‘ymadi. Misr terma jamoasi a’zosining hozirga holati ham so‘roq ostida. Negaki, saudiyaliklar yanvarda yana qaytishi kutilmoqda. 31 yoshli vingerning amaldagi bitimi 2025 yilda yakuniga yetadi. Shu sabab, "Liverpul" uni kamida yozga qadar ushlab qolishni reja qilgan.

Kilian Mbappe

"PSJ" yozda Mbappe uchun kelgan 259 million funtlik taklifni qabul qilgandi. Ammo futbolchining o‘zi Osiyoga borishni istamaydi. 25 yoshli hujumchi kelayotgan yozda erkin agentga aylanadi. Shu sababdan Saudiya klublari yanvardayoq uni sotib olishga urinib ko‘rishi kerak. Aslida u bundan ikki yil oldin "Real"ga o‘tishi kerak edi. Ammo Mbappeni puch va’dalar va katta pul bilan Parijda olib qolishdi.

Jeydon Sancho

"MYU" vingeri sentyabr oyidan beri maydonda ko‘rinish bermadi. Negaki, u Erik ten Xag bilan omma oldida janjallashib qolgandi. 23 yoshli futbolchi tez orada "Borussiya Dortmund"ga ijaraga berilishi mumkin degan xabarlar bor. Ammo Sanchoga Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor. "Al-Hilol" uni sotib olmoqchi. Negaki, Neymar jarohat olgan.

Luka Modrich

"Real" afsonasi kelasi yozda erkin agentga aylanadi. 38 yoshli yarim himoyachi Ronaldu ortidan ravona bo‘lishi aytilgan. Madrid klubi uchun uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborgandan, kamroq pulga bo‘lsada, sotgani ma’qul. Shu sababli Modrich yanvardayoq Saudiyaga ketishi mumkin.

Kazemiro

"MYU" sport direktori Jon Murto Saudiya Arabistonining bir nechta klublari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Unga ko‘ra, jamoaning bir nechta futbolchilari sotuvga qo‘yiladi. Ular ichida Kazemiro ham bor. 31 yoshli yarim himoyachi 18 oy oldin "MYU"ga kelgandi. Shunga qaramay, braziliyalik jamoadagi holatidan xavotirda.

Rafael Varan

Varan Kazemiro bilan birga ketishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatida mavjud. Manbalarga ko‘ra, himoyachining "MYU"dagi kunlari sanoqli qolgan. 30 yoshli futbolchiga arab klublari 20 million funt taklif etgani aytilmoqda. Bu esa har ikki tomon uchun foydali bo‘ladi.

Ugo Lyoris

Lyoris "Tottenxem"da chetga chiqarilgan futbolchiga aylandi. Postekoglu undan foydalanmayapti. Hozir uning o‘rnini Vikario egallagan. Shu sababli Lyoris o‘ziga yangi jamoa qidirishi kerak. Hozirda 36 yoshli posbon uchun "Lasio", "Nyukasl" va ispan klublari qiziqish bilan qaramoqda. Lyorisga da’vogarlar ichida Saudiya klublari ham borligi aytilgan.

Tomas Parti

"Arsenal" va Parti allaqachon kelishib olgan. O‘tgan oyda yarim himoyachi rahbariyatga ketish istagida ekanini bildirgan. 30 yoshli futbolchiga "Yuventus"dan taklif mavjud. Ammo Saudiya Arabistonida ganalikka yaxshi to‘lashadi. "Arsenal" esa uni Osiyo klublariga sotib yaxshi foyda ko‘radi. Negaki, ular Parti uchun 35 million funt taklif qilmoqda.

Tiago Alkantara

"Liverpul" futbolchisi joriy mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q. Alkantara keyingi yozda erkin agentga aylanishini hisobga olsak, uni yanvarda sotib yuborgan ma’qulroq. 32 yoshli yarim himoyachi uzoq vaqt jarohatlardan qiynaldi. Shu sababli, uning darajasi Yevropa futboliga ortiq mos kelmasligi mumkin. Saudiya Arabistoni esa Alkantara uchun ajoyib tanlov bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:58, 26.12.2023.
O'qildi: 8709 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.