Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Samarqand-2023. JCHning birinchi kun bahslari yakunlandi

Samarqand-2023. JCHning birinchi kun bahslari yakunlandi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida o‘tayotgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatning birinchi kuni yakunlandi.

«Open» dasturida Magnus Karlsen 5 imkoniyatdan 4,5 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda. Arjun Erigaysi (Hindiston), Ivan Cheparinov (Bolgariya) hamda Yu Yangyi (Xitoy) hisobida ham 4,5 ochkodan bor.

Hamyurtlarimizdan eng yaxshi natija hozircha Nodirbek Yakubboyevda bo‘lib turibdi. Uning hisobida 3,5 ochko bor. Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov hamda Shamsiddin Vohidov hisobida 3 ochkodan bor.

«Women» dasturida esa Nurgul Salimova (Bolgariya) hamda Ju Jiner (Xitoy) 4 imkoniyatdan 4 ochko to‘plab, yetakchilik qilishmoqda.

Hamyurtlarimizdan Umida Omonova 3,5 ochko bilan peshqadamlarni quvishda davom etmoqda.

Musobaqalarning ikkinchi kunidagi bahslar ertaga soat 15:00 dan boshlanadi. Ertaga erkaklar va ayollar 4 tadan tur o‘yinlarida ishtirok etishadi. Rapid yo‘nalishidagi bahslar 28 dekabr kuni yakuniga yetadi.

Manba: https://t.me/xushnudbekuz
Kiritildi: 23:04, 26.12.2023.
O'qildi: 3040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик