Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ildar Mamatkazin: "Jamoamga foydam tekkanidan xursandman, Islomda yaxshi potensial bor"

Ildar Mamatkazin: "Jamoamga foydam tekkanidan xursandman, Islomda yaxshi potensial bor"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi sardori Ildar Mamatkazin yakuniga yetgan mavsumda ham yetakchilik xususiyatlarini namoyish qildi va jamoaning muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shdi. Futbolchi ortda qolgan chempionat borasida fikr bildirdi.

— Ildar, "Andijon"da ikkinchi yoshligingizni o‘tkazyapsiz, desak bo‘ladimi? Har holda bu yil himoyachi bo‘lishingizga qaramay, 2 ta gol urdingiz va barqaror o‘ynadingiz...
— Shunaqa desa ham bo‘ladi. Birinchi o‘rinda professionallik. Yoshingiz o‘tgan sari professionallikka ko‘proq e’tibor berish muhim. Mashg‘ulotlarda ko‘proq ter to‘kish kerak. Ha, to‘g‘ri, himoyachi bo‘lishimga qaramasdan 2 ta gol urdim. Ko‘proq gol ursam ham bo‘lardi. Har qanday holatda ham jamoamga foydam tekkanidan xursandman.

— Umuman, 2023 yil siz uchun nimasi bilan yodda qoladigan bo‘ldi?
— Esda qolarli natijalar bo‘ldi, ayniqsa, lider jamolar bilan yaxshi natijalarga erishdik.

— "Andijon"ning ushbu mavsumdagi ishtirokini ijobiy baholashmoqda. Bu borada nima degan bo‘lardingiz?
— Mavsum boshidagi vazifamiz 10 talikka kirish edi. Albatta, yaxshi natija bo‘ldi, bu murabbiy tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarilishi va eng asosiysi, bu kollektiv! Kollektivsiz futbolda hech narsaga erishish qiyin.

— Himoyachi sifatida sizga bu yil qaysi hujumchi xavf tug‘dirdi?
— Menga “Surxon” hujumchisi yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin eng xavfli hujumchi Rubin Xebay! Bu mening jamoadoshim bo‘lgani uchun aytmayapman. Chunki mashg‘ulotlarda shuni sezdim, u Superliganing eng xavfli va kuchli hujumchisi!

— Jiyaningiz Islom Mamatkazin bu yil ancha qo‘shdi va bemalol sizga raqobatchiga aylana olyapti. Undan bunday ko‘tarilishni kutganmidingiz?
— Albatta, kutganman. Islomda yaxshi potensial bor,  faqat shu potensialni yanada yaxshi rivojlantirish kerak. O‘z ustida ko‘proq ishlash kerak. Buni uning o‘zi ham tushunib turibdi.

— Yangi mavsumda nimalarni rejalashtiryapsiz va nimalar kutyapsiz?
— Yangi yilga faqat yaxshi niyat qilyapman. Xudo xohlasa, muxlislarimizni yanada xursand qilmoqchimiz. Shu o‘rinda hammani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklamoqchiman.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:56, 27.12.2023.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.