Kataloniyaning "Barselona" klubi qanot hujumchisi Rafinyani qanchaga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 27 yoshli braziliyalik sotuvidan 100 million yevro foyda ko‘rmoqchi.
Rafinya 2022 yilning iyulida "Lids"dan 58 million yevroga sotib olingandi. U Transfermarkt portalida hozirda 50 millionga baholanmoqda.