Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ 2-4 Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal 2-3 Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli

"Tottenxem" qishki transferlar oynasida kimlarni xarid qilmoqchi?

"Tottenxem" qishki transferlar oynasida kimlarni xarid qilmoqchi?

Baho:
+-1 | -

"Tottenxem" o‘tgan mavsumni juda yomon yakunlagan edi. Kamiga, klub yozda eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Xarri Keynni yo‘qotdi. Shunga qaramay, "shporlar" yangi murabbiy qo‘l-ostida 2023/24 yilgi mavsumni fantastik darajada boshladi. Dastlabki 10 ta turda mag‘lubiyatga uchramagan jamoani, "Chelsi" yirik hisobda yer tishlatadi. Postekoglu o‘z rejalarini jarohatlar sababli oxirigacha amalga oshira olmayapti. Tarkibdagi zaif nuqtalar va jarohatlanganlarni o‘rnini to‘ldirish uchun yanvardagi transferlar oynasi yaxshigina imkoniyat taqdim etadi. Quyida londonliklar tomonidan nishonga olinayotgan futbolchilarga nazar tashlaymiz.

Markaziy himoya

Ingliz nashrlarida "Tottenxem" va "Nissa" Jan-Kler Todibo xaridi uchun muzokaralarga kirganini aytadi. Bu transfer 35 million funtga baholanmoqda. 23 yoshli himoyachi jamoasining muhim figuralaridan biri. Ammo arzon narx "Tottenxem"ni sotib olishga undashi turgan gap.
"Everton" yulduzi Ben Godfri keyingi ehtimoliy xaridlar qatorida turibdi. Shon Daych undan yetarlicha foydalangani yo‘q. Shu sababli, Godfri jamoasini yangilashga qarshi bo‘lmasligi aniq. Unga "Brentford" ham da’vogar sanaladi.

Yarim himoya uchun

18 yoshli Artur Vermeren Shimoliy London jamoasida qadrlanadi. Belgiyada yosh yarim himoyachi ajoyib harakatlari bilan ajralib turibdi. "Antverpen" Vermerenni sotish niyati emas. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham, "Tottenxem" uchun uning xaridi oson bo‘lmaydi. Negaki, Vermeren uchun "Arsenal" va "Barselona" ham da’vogarlik qilmoqda.
"Tottenxem"da boshqa variant ham mavjud. "Blekbern Rovers" yulduzi Adam Varton allaqachon APL klubi radariga tushgan. Varton bu mavsumda Chempionshipning eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib turibdi.

Hujum uchun

"Kopengagen" hujumchisi Runi Bardagji "MYU" darvozasiga kiritgan g‘alaba golidan keyin Yevropada ko‘p tilga olina boshladi. 18 yoshli futbolchi yanvarda kattaroq klubga o‘tishi kutilmoqda. Runiga "MYU" va "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilgan. Shu sabab bu borada ham "Tottenxem"ga oson bo‘lmaydi.
"Al-Ittihod" vingeri Jota Britaniyaga qaytishi mumkin. "Tottenxem" uni ehtimoliy xaridlar ro‘yxatiga kiritdi. Biroq, portugaliyalik imzosi uchun "Nyukasl" qarshiligi yengib o‘tilishi kerak bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

 
Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:00, 28.12.2023.
O'qildi: 2031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.