"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo yuzidan olgan jarohatini to‘liq davoladi. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, urugvaylik futbolchi 4 yanvarga belgilangan "Las-Palmas" bilan o‘yinda niqobsiz harakat qilishi mumkin. U avvalroq yuzidagi og‘riq sabab AQSH safarini o‘tkazib yuborgandi.
24 yoshli Arauxo bu mavsumda kataloniyaliklar safida 16 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.