Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Shaxmat. Blisda Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov yaxshi ishtirok etishmoqda

Shaxmat. Blisda Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov yaxshi ishtirok etishmoqda

Baho:
+ | -

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida kecha blis bahslariga start berildi. Shaxmatning mazkur tezkor turida sportchilar 3 daqiqadan vaqt va har bir yurishga qo‘shimcha 2 soniyadan imkoniyat berilgan.

Bugun erkaklar 12 ta, ayollar esa 9 ta tur o‘yin o‘tkazishdi. O‘zbekistonlik erkak sportchilar orasida hozircha Javohir Sindarov eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. Ushbu grossmeyster 13 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘arib, jadvalda 24-pog‘onani egallab turibdi.

7,5 ochko to‘plagan Shamsiddin Vohidov esa 30-o‘ringa joylashgan. Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov hisobida esa 7 tadan ochko mavjud.

Olti nafar shaxmatchi esa 9 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilishmoqda (ular orasida Magnus Karlsen ham bor).

Ayollar o‘rtasidagi musobaqada esa Umida Omonova 6 ochko bilan 15-pog‘onani egalab turibdi. Afruza Hamdamova esa 4,5 ochko 54-o‘ringa joylashgan.

Jahon chempionatida ayollar bugun yana 8ta, erkaklar esa 9 tadan o‘yin o‘tkazishadi hamda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:30, 30.12.2023.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик