Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Qishda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar

Qishda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni yozgi transfer oynasining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Krishtianu Ronaldudan keyin saudiyaliklar Karim Benzem, Sadio Mane, Jordan Xenderson, Neymar va boshqa ko‘plab taniqli o‘yinchilarni jalb qilishdi. Bu, ehtimol, faqat boshlanishi. Saudiya klublari faol transfer siyosatini davom ettirish niyatida va ularning tarkibini kuchaytirish uchun yangi nomzodlar bor. Keling, yana qaysi o‘yinchilar yanvar oyida Saudiya Arabistoniga borishlari mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Luka Modrich («Real»)

Modrichning kelajagi noaniq. 38 yoshli xavbekning Madridning «Real» klubi bilan shartnomasi mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan. Xorvatning «qirollik klubi»dagi o‘yin amaliyoti kamayib bormoqda, shu sabab uning kelajagi haqidagi savol aktual bo‘lib turibdi. Agent o‘tgan yozda o‘yinchiga Saudiya Arabistonidan taklif bo‘lganini aytdi. Mahalliy «Al-Ittihod» va «Al-Ahli» klublari haligacha u bilan shartnoma imzolashga qiziqishmoqda. Saudiya klublari Modrichni yanvardayoq olishmoqchi va bu uning Ispaniya poytaxtidagi holatini hisobga olganda amalga oshishi mumkin bo‘lgan narsa.

Antoni Marsyal («MYU»)

Marsyal yozda Saudiya klubidan moliyaviy jihatdan yaxshi taklif oldi. Fransuz taklifni rad etdi va «MYU»da qolishga qaror qildi. Bu xato bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 27 yoshli hujumchi joriy mavsum maydonda o‘rtacha o‘yin davomida 29 daqiqa bo‘lmoqda. Joriy mavsum uning faoliyatidagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biridir. Ha, forvard jamoaga katta foyda keltirmayapti. Hozirda uning hisobida APLda faqatgina 1ta gol bor. Agar Saudiya Arabistonidan taklif qolsa, «MYU» yanvarda o‘yinchini sotishi mumkin. Uning shartnomasi mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallanganini hisobga olsa bitim mankunianlar uchun foydali bo‘ladi.

Kazemiro («MYU»)

Kazemiro uchun «MYU» tarkibidagi ikkinchi mavsum birinchisidan ko‘ra yomon kechmoqda. Oldinroq braziliyalikni mankunianlarning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri, deb atashardi, hozirda esa eng yomonlaridan biri sifatida hisoblanmoqda. Britaniya nashrlarida Kazemironi APLdagi bosh­qa tayanch yarim himoyachilarga qaraganda ko‘proq tanqid qilingani haqidagi xabarlarga to‘la. Vaziyat 31 yoshli xavbek uchun unchalik yaxshi emas. Mish-mishlarga ko‘ra, «MYU» o‘yinchini sotishga tayyor, u bilan shartnoma imzolashga esa Saudiya Arabistoni klubidan qiziqish bor. Kazemironing o‘zi ham «Old Trafford»dagi holatidan norozi ekanligi haqida ma’lumot bor. Shunday ekan tomonlar yanvarda xayrlashishlari hech gap emas.

Tomas Parti («Arsenal»)

Partining «Arsenal»dagi kelajagi tobora tumanlashib bormoqda. Saudiya klubi yozda o‘yinchi bilan shartnoma imzolashga urindi, ammo taklif «kanonirlar»ni qoniqtirmadi. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra «to‘pchilar» yanvarda muloqot qilishga ko‘proq mo­yil bo‘lishadi. Klub esa futbolchining tez-tez jarohat olayotganidan norozi. Umuman olganda unga oldingidek ishonch bildirishmayapti. «Arsenal» Tomasni yanvarda sotishga tayyor. 30 yoshli xavbekning ikkinchi urinish bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l olish ehtimoli haqiqatga yaqin. «Kanonirlar» qishda o‘zlari qo‘ygan narxni unchalik ham talab qilishmaydi.

Jeydon Sancho («MYU»)

Transfer oynasi ochilishiga yaqin Sancho uchun da’vogarlar ko‘payib boradi. Bu futbolchining oktyabrdan beri o‘ynamayotganini hisobga olganda hayron qoladigan narsa emas. Joriy mavsum APL­da uning hisobida faqatgina 3ta o‘yin bor. Angliyalik murabbiy bilan kelishmovchilik sabab jamoadan chetlatilganicha qolmoqda va vaziyatning yaxshilanishi kutilmayapti. 23 yoshli vinger yanvarda o‘yin amaliyoti olish uchun «MYU»ni tark etishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Saudiya ligasida Sanchoni yanvardagi bosh transfer maqsadi sifatida hisoblashmoqda. Saudiyaliklar angliyalikni o‘z klublaridan birida ko‘rishni juda ham xohlashmoqda. Hozirdanoq unda ulardan biridan yaxshi taklif bor. Ammo Jeydonga Yevropada ham qiziqish mavjud. O‘yinchining qanday qarorga kelishini vaqt ko‘rsatadi.

Risharlison («Tottenxem»)

Risharlisonning xizmatlariga faol tarzda Saudiya Arabistonida qiziqish bildirishmoqda. Mahalliy klublar o‘yinchi bilan yozda shartnoma imzolashni xohlashgandi, ammo «Tottenxem» o‘shanda uni qo‘yib yubormagandi. Yanvarda vaziyat o‘zgarishi mumkin. Bir tomondan, «shporlar» ko‘p miqdordagi jarohatlar tufayli futbolchini qo‘yib yuborishlari ham to‘g‘ri emas. Boshqa tomondan esa jamoa hujumda braziliyaliksiz ham eplamoqda. 26 yoshli hujumchi APLdagi 13ta o‘yinda atigi 3ta gol urgan holda ko‘plab imkoniyatlarni yo‘qqa chiqargandi. Barchasi «Tottenxem»ga bog‘liq bo‘ladi. Agar «shporlar» tarkibni kuchaytirish uchun qishda bozorga chiqishsa o‘yinchilarni sotishlariga ham to‘g‘ri keladi. Risharlison esa bu ro‘yxatda bo‘lishi mumkin.

Chicharito («Los-Anjeles Gelaksi»)

Rasman Chicharitoning «Gelaksi» bilan shartnomasi yil so‘nggiga qadar mo‘ljallangan. Ammo, meksikalik hozirdanoq o‘ziga yangi klub izlashi mumkin va u buni qilmoqda. 35 yoshli hujumchi yaqinda bergan intervyusida turli variantlarni, jumladan Saudiya Arabistonini ko‘rib chiqishini aytdi. Saudiyaliklarda tajribali forvardni olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Chicharito faoliyatining botishiga yaqinlashmoqda. U ko‘plab shahar va mamlakatlarda o‘ynagan, shu sabab Saudiya Arabistoni yakun uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin. U yaxshi taklif olgan ko‘rinadi.

Serxi Roberto («Barselona»)

Ispaniyadagi mavsum startidan bir necha oy o‘tib Robertoning «Barselona»dagi tumanli kelajagi haqida yozishni boshlashdi. O‘yinchining joriy mavsum so‘nggida Kataloniya klubidan ketishi aytilmoqda, ammo tomonlar yanvarda ham xayrlashishlari mumkin. «Ko‘k-anorranglilar» hali ham tarkibni kuchaytirish uchun futbolchilarni sotishi kerak. Roberto chiqish uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ispan sog‘lom bo‘lganda ham doim o‘yin amaliyoti olmagan bo‘lsa ham uni jarohatlar qiynaydi. U bilan shartnoma imzolashga MLS va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Roberto Amerikani afzal ko‘rmoqda, ammo ko‘p narsa taklifga, jumladan «Barselona»ga bog‘liq bo‘ladi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:00, 01.01.2024.
O'qildi: 5797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.