Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Andijon" bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi

"Andijon" bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi tez orada yangi mavsum uchun o‘z yig‘inini boshlaydi. Albatta, muxlislarni tarkibda qanday o‘zgarishlar yuz berishi qiziqtirayotgani bor gap.

Shuni ta’kidlash lozimki, ayrim chiziqlarni yanada kuchaytirish uchun bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib borilyapti. Barchasi hal bo‘lsa, bu borada rasman e’lon beriladi.

Shu bilan birga jamoani tark etgan o‘yinchilar ham bor. Jumladan, Ibrohim G‘anixonov, Bobur Farhodov, Sardor Abdunabiyev va Abbos Ergashboyev bilan do‘stona ravishda xayrlashildi. Ular bilan tuzilgan shartnomalar 2023 yilning 31 dekabr kuni nihoyasiga yetdi.

"Ushbu futbolchilarga “Andijon” klubida olib borgan faoliyatlari uchun minnatdorlik bildiramiz va yangi mavsumda ularga omad tilab qolamiz", - deyiladi klub bayonotida.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:34, 01.01.2024.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.