Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Parti terma jamoasiga yordam bera olmaydi

Parti terma jamoasiga yordam bera olmaydi

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Tomas Parti Gana terma jamoasi safida Afrika Millatlar Kubogida o‘ynamaydi, bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Manbaning qayd etishicha, futbolchi Londonda qoladi va tizzasidan olgan jarohatidan tiklanishni davom ettiradi.

Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i beshta o‘yinda ishtirok etdi va birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Afrika millatlar kubogi 13 yanvar kuni boshlanadi. Oxirgi turnirda pley-offga chiqa olmagan Gana termasi bilan guruhda Kabo-Verde, Misr va Mozambik termalari o‘ynaydi.

Kiritildi: 21:08, 01.01.2024.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик