Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Yuventus» tez orada markaziy hujumchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi

«Yuventus» tez orada markaziy hujumchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Moyze Kin klub bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Bir necha kun avval xabar qilinganidek, 23 yoshli futbolchi asosiy tarkibda doimiy o‘ringa ega bo‘lmasa-da, "byankonerilar"ni tark etish niyatida emas. Insayder Nikolo Skiraning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik futbolchi hozir "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishga bir qadam qolgan. Yangi kelishuvning amal qilish muddati hozircha oshkor etilmagan.

Kin joriy mavsumda turinliklar safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq hozircha birorta ham gol va golli uzatmani amalga oshira olmadi. Ayni damda hujumchi jarohatidan davolanishda davom etmoqda, shu sabab jamoasining so‘nggi uchta o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 06:41, 03.01.2024.
O'qildi: 1392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик