"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemironing agenti mijozining Saudiya Arabistonidan "An-Nasr"ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi jurnalist Rudi Galetti.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli braziliyalikka “Al-Ahli” da’vogarlik qilmoqda.
Kazemiro o‘tgan yozdan beri "Manchester Yunayted"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u jamoa safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining mankunianliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 30 million yevroga baholamoqda.