"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi. Klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda forvardning tegishli suratini joylashtirdi.
23 yoshli norvegiyalik futbolchi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va 6 dekabrdan beri maydonga tushmayapti.
Shu tariqa, Xoland katta ehtimol bilan 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan "Xaddersfild"ga qarshi Angliya kubogi bahsida ishtirok etishi mumkin.