Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Saloh, Son, Onana kabi yulduzlarsiz qolgan APL...

Saloh, Son, Onana kabi yulduzlarsiz qolgan APL...

Baho:
+ | -

Faqatgina “Manchester Siti”, «Nyukasl» va «Byornli» jamoalari tarkibida yanvar oyida boshlanadigan Afrika va Osiyo kuboklarida ishtirok etadigan futbolchilar yo‘q. Ammo yana 17 ta jamoada jiddiy yo‘qotishlar bor. Endo va Salohning ketishi Kloppga ancha-muncha bosh og‘riq bo‘lishi mumkin. Agar Misr Afrika kubogida uzoqqa borsa, Saloh turli turnirlarda «Liverpul»ning sakkizta o‘yinini o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor. Ular orasida ikki marta «Arsenal»ga qarshi bahs kutib turibdi.

Yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan qit’a birinchiliklari sabab APLda klublariga yordam bera olmaydigan futbolchilar ramziy terma jamoasini e’tiboringizga havola etamiz.

Darvozabon: Andre Onana ("Manchester Yunayted"/ Kamerun)

“Qizil iblislar” tarkibida Oanadan ko‘ra yaxshiroq darvozabon yo‘q. De Xea qaytarilmadi, ispaniyalik darvozabon ayni vaqtda erkin agent. Onana bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydi, lekin APLda ancha-muncha seyvlar amalga oshirdi, "Manchester Yunayted" hali ham asosiy darvozabonga muhtoj. Kamerunlik avvaliga terma jamoa bilan xayrlashgan edi, ammo keyin esa qaytdi. Shubhasiz, Onananing yo‘qligi Ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted"ga bosh og‘riq bo‘ladi.

Himoyachilar: Serj Orye ("Nottingem Forest"/ Kot- d’Ivuar)

"Nottingem Forest" bir vaqtning o‘zida olti nafar futbolchisidan mahrum bo‘ladi. Ularning barchasi Afrika kubogiga boradi. Orye ular orasida eng mashhuri hisoblanadi. Serj avvalgi darajasidamasdir, ammo tajribali ivuarlik o‘ng qanotni qanday muhofaza qilishni biladi, hujum qiladi va kurashga kirishadi. Endi «o‘rmonchilar» Premyer-liga mavsumida boshlang‘ich tarkibda bor-yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazgan jahon chempioni Montiyelga ko‘z tikadi.

Why Andre Onana is staying with Manchester United for two more games before  AFCON release - Manchester Evening News

Naif Ager ("Vest Xem"/ Marokash)

“Vest Xem” turnir jadvalida “Manchester Yunayted”dan yuqorida, marokashlik Ager esa 16 turda maydonga tushgan asosiy himoyachi hisoblanadi. Qatar mundialining sensasiyalaridan biriga aylangan jamoa Afrika kubogida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga umid qilmoqda. Ularga «Renn»da o‘ynagan ulkan himoyachi kerak. Ager Zuma bilan tandemda harakat qildi, endi maydonda gresiyalik Mavropanos va faxriy Ogbonna bo‘lishi kutilmoqda.

West Ham defender Nayef Aguerd 'phenomenal' as Morocco win v Belgium

Villi Boli ("Nottingem Forest"/ Kot- d’Ivuar)

"Nottingem Forest"ning yana bir o‘yinchisi, bu tarkibda yana Ivuarlik. Afrika kubogi Villi Bolining vatanida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq «bo‘rilar» safida to‘p surgan faxriy himoyachi Parij yaqinida tug‘ilga va yaqinda Afrika terma jamoasiga kelib qo‘shildi. U mashhur «Clairefontaine» markazida o‘sgan va Fransiya yoshlar terma jamoalarida o‘ynagan. U ko‘pchilik kutganidek yulduz bo‘la olmadi hamda ota-bobolarining vataniga qaytdi.

Willy Boly injury latest as Nottingham Forest selection admission made -  Nottinghamshire Live

Takexiro Tomiyasu («Arsenal»/ Yaponiya)

«Arsenal»da yaponiyalik uchun hammasi yaxshi bo‘lmadi. Dekabr oyida Takexiro jarohat olib safdan chiqqandi. Ko‘p qirrali himoyachi «kanonirlar»ni tark etishi ham mumkin edi, ammo Osiyo kubogi unga xotirjamlik bilan ijaraga yangi klub tanlashga to‘sqinlik qiladi. Tomiyasu ba’zida qanotda ham, markaziy himoyada ham o‘ynay oladi, ammo Artetaga ishonchli himoyachilar kerak. Takexiro esa yangi sinovga muhtoj.

Why Takehiro Tomiyasu is not in Arsenal squad vs Luton as fresh injury blow  revealed - football.london

Muqobil variantlar: Rayan Ait-Nuri («Vulverxempton»/Jazoir), Ola Ayna ("Nottingem Forest"/Nigeriya), Kim Ji-Su («Brentford»/Janubiy Koreya), Foday Ballo-Ture («Fulxem»/Senegal), Kalvin Bassi («Fulxem»/Nigeriya), Issa Kabore («Luton»/Burkina-Faso), Mussa Niakate ("Nottingem Forest"/Senegal), Yaser Laroussi ("Sheffild Yunayted"/Jazoir), Jastin Xubner («Vulverxempton»/ Indoneziya).

Yarim himoyachilar: Iv Bissuma («Tottenxem»/ Mali)

«Arsenal»dan ganalik Partey Afrika kubogida o‘ynamaydi. Rasmiy ravishda jarohat tufayli, lekin qonun bilan bog‘liq muammolar ham aralashishi mumkin, tayanch yarim himoyachi zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bissuma faqat «shporlar»ning raqiblariga qarshi kuch ishlatdi. «Tottenxem»dan yetakchi Son va ikki markaziy yarim himoyachi Sarr va Bissumma tark etadi - kuchli to‘rtlik uchun kurashayotgan jamoa uchun jiddiy yo‘qotish.

Premier League : Yves Bissouma et Tottenham sombrent - Mali malivox.net  Actualités et informations du Mali et de l'Afrique

Muhammad Kudus ("Vest Xem"/ Gana)

“Vest Xem” 5 ochkolik farq bilan «shporlar»dan ortda qolmoqda. «Bolg‘achilar» yangi kelgan Kudusdan mamnun, uni Moyes hujumning o‘ng qanotida va hujumchi ortida joylashtirgan. Ganalik forvard APLda oltita gol va bitta golli uzatmaga ega. Yevropa ligasida ham muvaffaqiyatlar bor. Bu "Vest Xem" uchun jiddiy yo‘qotish, jazoirlik Benrahma unchalik sermahsul emas.

Mohammed Kudus nominated for EPL Player of the Month - Ghana Latest  Football News, Live Scores, Results - GHANAsoccernet

Kaouru Mitoma («Brayton»/ Yaponiya)

«Brayton»da Mitoma o‘rniga tayyor o‘rinbosar yo‘q, garchi De Zerbi hujum chizig‘ida ko‘p qirrali o‘yinchilarni ishlatib, zaxira o‘yinchilarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Adingra ham qit’a turniriga jo‘nab ketadi. Demak, portugaliyalik Joau Pedro chap qanotda o‘ynay oladi, chunki ispaniyalik Ansu Fati jarohat olgan. Mitoma yangi mavsumda avvalgidek taassurot qoldirmayapti, ammo yaponiyaliklar undan ko‘p narsani kutmoqda.

Japanese star Kaoru Mitoma shines in EPL. Will he be the new poster boy for  Asian football? - TODAY

Muqobil variantlar: Vataru Endo («Liverpul»/YAponiya), Sofian Amrabat ("Manchester Yunayted"/Marokash), Anis Slimani ("Sheffild Yunayted"/Tunis), Bubakar Traore («Vulverxempton»/Mali), Sheyxu Kuyate ("Nottingem Forest") /Senegal), Ibrahima Sangare ("Nottingem Forest"/Ivuar), Idrissa Gueye («Everton»/Senegal), Frank Ogochukvu («Brentford»/Nigeriya), Yoxan Vissa («Brentford»/Kongo Demokratik Respublikasi), Mohamed Elneni («Arsenal»/Misr), Pape Sarr («Tottenxem»/Senegal).

Hujumchilar: Muhammad Saloh («Liverpul»/Misr)

Saloh bu mavsum Premyer-ligada 14 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi; «Liverpul» uchun Muhammadni bir necha haftaga yo‘qotish haqiqiy falokat. Soboslai Aleksandr-Arnold kabi ko‘p golli uzatmaga ega emas. Darvin Nunes hali moslashmadi, Gakpoda markaziy himoyachi van Deyk kabi "gol plyus pas"da 4 ochko bor. Salohning ketishi ta’qibchilar uchun «Liverpul»dan o‘zib ketish imkoniyatidir.

Liverpool's Europa League job is done, but Mohamed Salah remains  agonisingly short of a key milestone | The Independent

Niklas Jekson («Chelsi»/ Senegal)

«Bo‘rilar»dan janubiy koreyalik Xi Chan ko‘proq gol urgan bo‘lsada, biz «Chelsi» hujumchisini o‘zimizga boshlang‘ich nuqta sifatida olamiz. Undan ko‘ra rang-barangroq, chunki u bir nechta pozisiyalarda o‘ynab ko‘rdi va «aristokratlar» e’tiborini qozondi. Jekson tajribasiz va Londonga kelguniga qadar har doim ham hujum markazida o‘ynamagan. Pochettino hujumchi qidirmoqda, Nikolas esa Senegalga Afrika chempionligini himoya qilishda yordam berishga intilmoqda.

Nicolas Jackson treble proves decisive as Chelsea win thriller at nine-man  Spurs

Son Xyon Min («Tottenxem»/ Janubiy Koreya)

«Tottenxem» afsonasi, jamoa yetakchisi Son dunyo iyerarxiyasida Saloh kabi maqomga ega emas. Ammo Keyn ketganidan keyin aynan Janubiy Koreya terma jamoasi yetakchisi «shporlar»ning asosiy merganiga aylangandi. Uning hisobida Premyer-ligada 12 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. Murabbiy Postekoglu hujum markazida Richarlisonga ishonishga majbur, ammo braziliyalik Osiyo jamoatchiligining sevimlisidek barqaror emas.

Football: Son Heung-min is first Asian to score 100 Premier League goals |  The Star

Muqobil variantlar: Xvan Xi-CHan («Vulverxempton»/Janubiy Koreya), Antuan Semenyo («Bornmut»/Gana), Saman G‘oddos («Brentford»/Eron), Dango Uattara («Bornmut»/Burkina-Faso), Amad Diallo ("Manchester Yunayted"/Ivuar), Simon Adingra («Brayton»/Ivuar), Jordan Ayyu ("Kristal Pelas"/Gana), Aleks Ivobi («Fulxem»/Nigeriya).

Hwang Hee-chan's explosive debut starts to turn some heads

Premyer-liga klublari 39 nafar futbolchini vaqtinchalik yo‘qotadi va o‘rtacha ariza 25 futbolchi atrofida. Yanvar oyi o‘rtalarida Angliya chempionatini barcha afrikalik va osiyoliklar tark etmasligi ham omadli. Hamma o‘yinchilar ham favorit va asosiy tarkibni ifodalamasligi aniq. Ammo Premyer-ligada omon qolish uchun kurash ham keng miqyosdagi o‘yin bo‘lib, "Nottingem Forest" olti kishini yo‘qotadi, ulardan besh nafari asosiy tarkibda.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 19:35, 05.01.2024.
O'qildi: 4384 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.