Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Fabio Kapello: «Pioli yechim topishi shart»

Fabio Kapello: «Pioli yechim topishi shart»

Baho:
+ | -

La Gazzetta dello Sport nashri sobiq murabbiy Fabio Kapello bilan suhbatda klubning bugungi ahvolini muhokama qildi.

Italiyalik metr jumladan, sobiq klubi rahbariyatiga maslahat ham berdi: «Hozir murabbiyni o‘zgartirish mantiqan to‘g‘rimi? Yo‘q, lekin Pioli tezlik bilan yechim topishi shart. Ha, ayni pallada hech narsani o‘zgartirmasdan yurishni davom ettirish qiyin. Avvalo, o‘zgarishlarga muhtoj pozisiyalarni aniqlash kerak. Ya’ni asosiy muammo qaysi nuqtada: himoyadami yoki yarim himoya va hujumda? Pioli 2 yilcha oldin ham kuchli markaziy zonaga ega edi — Tonali, KessiYE, Bennosir, Chalxanoglu. Yarim himoya — jamoa dvigateli, shuning uchun aynan markazni quvvatlantirish haqida o‘ylash kerak».

— «Milan»da taktikaga xos muammolar yo‘qmi?
— Qarshi hujumlarga tayanadigan raqiblar jamoaga katta muammo tug‘dirishmoqda, bunga ko‘p bora guvoh bo‘ldik. Shunday ekan, avvalo, shu jihat ustida qattiq ishlash talab etiladi. Menga qolsa, himoyada ehtiyotkorlikni yanada oshirishga harakat qilardim.

— Jamoa yanvar oyida transferlarga muhtojmi?

— Birinchi o‘rinda himoya uchun yangi taktik yechimlar topish zarur. Yana jamoa ruhiya­ti ustida ishlash zarur. Munosib taktika yordam beradi, albatta, ammo hammasi bunga bog‘liq emas.

— Jarohatlar haqida ko‘p gapirilmoqda...

— Menimcha, «Milan» AQSH va boshqa mamlakatlarga borishdan oldin yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan. O‘zi hozir tijorat ishlari tufayli hamma birdaniga o‘ynay boshlaydi va keyin buning uchun tovon to‘laydi...

— Hudud bo‘ylab himoyalanish muayyan vaziyatlarda qandaydir ustunlik beradimi?

— Bu chizma muammolarni hal qilolmaydi, lekin ma’lum darajada yordam berishi mumkin. «Milan» shunday chizmada uyushqoqroq ko‘rinadi, ammo tajovuzkorlik biroz pasayadi. Ayni pallada muvozanatni topish juda muhim. Takrorlayman, yarim himoya qiyofasi butkul o‘zgargan — hozirgi markaziy zona na baliq, na go‘sht. Bennosir tezroq jarohatdan oldingi sport formasiga qayt­sa, ishlar nisbatan yaxshilanadi. «Milan»ga shuni tilayman, albatta.

— Pioliga qanday maslahat berishni istardingiz?

— Unga qiyin, chunki tarkibda jarohatlanganlar juda ko‘p. Bu holatda transferlar bozorida boshqacha ishlagan bo‘lardim. Ya’ni bir qator istiqbolli yigitlar emas, jamoa o‘yinini birdaniga o‘zgartirib yuboradigan ikki sifatli ijrochi olardim.

— Ammo Italiyada transferlarni murabbiylar amalga oshirmaydilar.

— Bilishimcha, Pioli hammasini ma’qullaydi. Shunday ekan, vaziyatni aynan o‘zi to‘g‘rilashi kerak.

— Umuman olganda, mavsum o‘rtasida murabbiyni o‘zgartirish qanday natija berishi mumkin?

— Pioli ixtiyorida futbolchilar kam — bu tushunarli. Lekin avvalo, psixologik tomondan yechim izlash kerak.

— Mana, Ibragimovich qayt­di. Shaxsan siz murabbiy sifatida uni yoningizda funksioner rolida ko‘rishni xohlarmidingiz?

— Ibragimovich chempion yigit, yana juda aqlli. Muammo shundaki, uning klubda qanday rol bajarishi hali aniq emas. Texnik boshqaruvchimi? Unday bo‘lsa, Piolining yetakchiligi shubha ostida qolishi xavfi bor.

— Ya’ni bu holatda Ibra bosh rolga chiqadi, shundaymi?

— Muammo unga xos «men»da ham emas, balki aynan nima qilishida. Rostini aytsam, buni haligacha tushunmadim, shuning uchun muhokama qilishim o‘rinsiz.

— Umuman, bozorga chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilash mumkinmi?

— Hali hammasi yo‘qotilgani yo‘q. Ha, CHLdan chiqib ketish yomon, ammo hissiyotlarga berilish ortiqcha. Xullas, algoritmlarga ishonish qayta tiklanish uchun kifoya qilishi mumkin.

— Maldinining ketishi haqida nima deysiz?

— Rahbariyat shunday to‘xtamga kelgan ekan, demak, barchasi to‘g‘ri. Ha, Maldini va Massara yaxshi ishlashdi, lekin klub oldinga borishi kerak. Takrorlayman, hali hammasi boy berilgani yo‘q.

— Rahbariyat o‘rnida bo‘lganingizda, qanday chora ko‘rardingiz?

— Boshqacha fikr yuritish kerak. Tomori, Kalulu va Tshau yo‘qligida himoyada munosib o‘ynaydigan futbolchi yo‘q. Bu holatda qandaydir turtki zarur, ya’ni yo‘nalishni o‘zgartirish talab etiladi. Ammo ayni payt Piolini ishdan bo‘shatish uncha naf keltirmaydi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 05.01.2024.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.