Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Dunyoning eng qimmat klublar ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng qimmat klublar ro‘yxati e’lon qilindi

Baho:
+-1 | -

Forbes jurnali dunyoning eng qimmat futbol klublari ro‘yxatini e’lon qildi. Jamoalar infratuzilmasi, tarkibi va sport bozoridagi tijorat holati bo‘yicha baholandi.

Birinchi o‘rinni "Real Madrid" egallagan bo‘lib, uning bahosi ekspertlarning fikriga ko‘ra, 5 milliard 490 million yevro, ikkinchi o‘rinni "Manchester Yunayted" egallagan. Klubdagi haqiqiy inqirozga qaramay, uning qiymati hamon yuqori va 5 milliard 427 million yevroni tashkil etadi.“Barselona” kuchli uchlikni yopadi – 4 milliard 984 million yevro.

Qayd etish joizki, kuchli o‘ntalikka kirgan klublarning aksariyati Premyer-liga vakillari bo‘lsa, A Seriyaning birorta jamoasi bu reytingga kiritilmagan.

Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng qimmat 10 ta klubi:

«Real» – € 5,5 mlrd.
«Manchester Yunayted» – € 5,4 mlrd.
«Barselona» – € 4,9 mlrd.
«Liverpul» – € 4,7 mlrd.
«Manchester Siti» – € 4,5 mlrd.
«Bavariya» – € 4,3 mlrd.
«PSJ» – € 3,8 mlrd.
«Chelsi» – € 2,8 mlrd.
«Tottenxem» – € 2,5 mlrd.
«Arsenal» – € 2,4 mlrd.

Kiritildi: 11:54, 06.01.2024.
O'qildi: 7967 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик