Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchilari

2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchilari

Baho:
+ | -

2022 yilning oxiri Messi uchun ajoyib yakunlandi. Ammo u 2023 yilda o‘z darajasini yo‘qotib bordi. Hozir biz Yevropada na Messini, va na Ronalduni ko‘ra olamiz. Ikkita daho bizni tashlab ketib bo‘ldi. Ularning o‘rnini Mbappe va Xoland egallay boshladi. Ammo ular yolg‘iz emas. Biz 2023 yilda ko‘plab yosh super yulduzlarni kashf etdik. Quyida o‘tgan yilning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshilari kim bo‘lganiga e’tibor qaratamiz.

5. Jamal Musiala

Angliya Musialaga ega chiqishi mumkin edi. Ammo bu imkoniyatni Germaniya qo‘lga kiritdi. 20 yoshli yarim himoyachi "Bavariya"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanganiga ancha bo‘ldi. U maydonni ko‘plab o‘rinlarida harakat qila oladi. Hattoki, Tomas Tuxel Keyn bo‘lishiga qaramay, aynan Musialani "Bavariya"ning eng muhim vakili deb hisoblashini bildirgan edi. Joriy mavsumda Musiala jarohatlardan aziyat chekmoqda. Shunga qaramay, uning oldida hali uzoq va yorqin kelajak mavjud.

4. Gavi

Gavi yarim himoyachi. Pedri bilan bir pozisiyada o‘ynagani sababli ham uning nomi soya ostida qolgandek tuyulmoqda. "Las-Palmas" akademiyasidan chiqqan bolakay 2021 yildayoq yarq etib ko‘zga tashlangan edi. U hozirga qadar ajoyib harakat qilib keldi. Ammo, dekabrda tizzasidan jarohat olgan futbolchining maydonga qaytishi katta so‘roq ostida qolmoqda. Gavi "Barselona" va Ispaniya terma jamoasida juda muhim o‘ringa ega edi. Endi undan qoladigan bo‘shliqni to‘ldirish oson kechmaydi.

3. Bukayo Saka

Mikel Arteta Sakadan 2023 yil davomida uzluksiz ravishda barcha o‘yinlarda foydalanib keldi. Negaki, u jamoadagi eng samarali futbolchi edi. Joriy mavsumda Bukayo unchalik ham ko‘zga tashlangani yo‘q. Shunga qaramay, u barcha musobaqalarda klub va mamlakati uchun 26 ta o‘yinda, jami 21 ta golda ishtirok etdi. Sakaga ko‘p narsa bog‘liq ekanini ko‘rdik. U yaxshi sport formasida bo‘lmas ekan, "Arsenal" o‘z maqsadiga yetisha olmaydi.

2. Florian Virs

Bir yil tizzasining xochsimon paylarini davolagan futbolchi, 2023 yildan yana ishga kirishdi. Virs bu mavsumda fantastik daraja namoyish etmoqda. U Bundesliganing Keyn bilan birga eng yaxshi vakili bo‘lib turibdi. 21 yoshli futbolchi "Bayer Leverkuzen"ni Germaniya chempionligi tomon yetaklashi mumkin bo‘lgan inson sifatida qaralmoqda. Virs 2023 yilda o‘rtacha har 108 daqiqada bitta golga mualliflik qildi. U yosh va butun nemis millati undan katta narsalarni umid qilmoqda.

1. Jud Bellingem

Bellingemning "Birmingem Siti"dagi raqami allaqachon muzeyda saqlanmoqda. Bu bekorga emas, albatta. O‘tgan mavsumni "Borussiya Dortmund"da yuqori notada tugata olgandan futbolchi, "Real"ga yo‘l oldi. U Madridda ham o‘z qobiliyatini ajoyib ravishda namoyish etib kelmoqda. U sababli Anchelotti jamoasi La-liga yetakchisi. Bellingem esa 2023 yilni turnir to‘purarlari qatorida yakunladi.
O‘tgan yil Judniki edi deya bemalol aytish mumkin.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:01, 07.01.2024.
O'qildi: 3419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.