"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kechagina maydonga qaytdi.
U ikki oyni o‘tkazib yuborgandi. "Qirol kubogi" doirasida "Arandina"ga qarshi o‘yinda futbolchi yangi jarohati shubhalari tufayli 59-daqiqada almashtirildi.
“Kamavinga belida jarohat olgan, ammo u hozir yaxshi. Ferlan Mendi ham qaytadi va keyingi o‘yinlarda ishtirok etadi”, - dedi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida.
21 yoshli Kamavinga "Real"dagi uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Transfermarkt fransiyalik futbolchining bozor narxini 90 million yevroga baholamoqda.