Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vernerning qachon Londonga yetib kelishi ma’lum bo‘ldi

Vernerning qachon Londonga yetib kelishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Timo Verner "Leypsig"dan "Tottenxem"ga o‘tadi.

Germaniyaning Sky nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Londonga dushanba kuni oxirigacha yetib boradi. Verner seshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Hech qanday muammo aniqlanmasa, bitim yopiladi. Buning uchun hujjatlar allaqachon tayyorlangan.

Manbaga ko‘ra, "Tottenxem" Vernerni mavsum oxirigacha ijaraga oladi. Yozda "shporlar" futbolchini 17-18 million yevroga sotib olishi mumkin. Timo Verner mart oyida 28 yoshga to‘ladi. Joriy mavsumni oladigan bo‘lsak, hujumchi ikkita gol urdi va sherigiga bitta golli uzatma berdi. Eslatib o‘tamiz, Verner avvalroq Angliyada "Chelsi"da o‘ynagan.

Kiritildi: 22:15, 08.01.2024.
O'qildi: 1682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик