Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ten Xag: "Kubok o‘yinlariga jiddiy yondoshamiz"

Ten Xag: "Kubok o‘yinlariga jiddiy yondoshamiz"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xag uning jamoasi Angliya kubogiga jiddiy yondashishiga ishontirdi.

Dushanba oqshomida "MYU" birinchi liga vakili "Uigan" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va buning evaziga Angliya kubogining 4-bosqichiga yo‘l oldi.

"Manchester Yunayted" keyingi o‘yinni Angliya professional ligasi tizimiga kirmaydigan "Istli" yoki Ikkinchi ligada o‘ynaydigan "Nport" bilan o‘ynashiga to‘g‘ri keladi, biroq Ten Xag kuchli tarkib bilan va to‘g‘ri munosabatda o‘ynashni oldindan va’da qiladi, xuddi "Uigan"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin kabi.

"Bu hamma g‘alaba qozonishni xohlaydigan juda muhim musobaqa. Har bir murabbiy g‘alaba qozonishni xohlaydi va biz bunga jiddiy qaraymiz.

Bizda juda ko‘p jarohatlar va kasallar bor edi, lekin biz baribir kuchli tarkibni maydonga tushirdik. Bu yaxshi tarkib edi, shuning uchun biz o‘zimizga ishondik va bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerakligini his qildik.

Raqibingizni, ayniqsa, bu jamoani hech qachon past baholamasligingiz kerak. Bilasizmi, ular o‘z hayotlari uchun kurashishadi, chunki bu ularning hayotidagi o‘yin. Biz o‘yinni juda yaxshi qabul qildik", - dedi Ten Xag Daily Mail bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:21, 09.01.2024.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик