Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Manchester Yunayted" hujumchisini ijaraga bermoqchi

"Manchester Yunayted" hujumchisini ijaraga bermoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal "Fenerbaxche"ga o‘tishi mumkin.

Avvalroq turk klubi 28 yoshli futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rsatilgan edi. Sky Sports'ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga yaqinroq turibdi.

Fransiyalik futbolchining qishki transfer oynasi yopilgunga qadar mavsum oxirigacha ijara asosida "Fenerbaxche"ga o‘tish ehtimoli yuqori.

Antoni Marsyal joriy mavsumda “qizil iblislar” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Forvardning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi va klub rahbariyati avtomatik ravishda bir yilga uzaytirish variantini faollashtirmaslikka qaror qildi.

Kiritildi: 14:33, 09.01.2024.
O'qildi: 1348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик