"Milan"ning sobiq futbolchisi Franko Barezi Frans Bekkenbauerning o‘limiga munosabat bildirdi.
“Bu qayg‘uli lahza. Bekkenbauer bizni tark etdi. O‘z rolini talqin qilgan ikona, afsona, imperator.
Men unga qoyil qoldim: texnikasi, individualligi, nafisligi. Avlodlar uchun haqiqiy namuna edi.
U men uchun ilhom manbai edi. U bilan meni solishtirishganda, o‘zimni noqulay his qildim. Uning o‘limi men uchun katta qayg‘u bo‘ldi", - deya jahon chempionining so‘zlarini keltiradi Radio Sportiva.
Bekkenbauer 7 yanvar kuni 78 yoshida vafot etdi. Kayzer futbolchi va murabbiy sifatida jahon chempionatida g‘olib chiqqan.