Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Pochettino: "U qo‘lidan kelgancha harakat qiladi"

Pochettino: "U qo‘lidan kelgancha harakat qiladi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino markaziy himoyachi Tyago Silva haqidagi savolga javob berdi.

39 yoshli braziliyalikning amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga yetadi. Ma’lumki, faxriy faoliyatini boshida o‘ynagan "Fluminense"ga qaytishi mumkin.

“Men undan 18 yoshga kirgandek mashg‘ulot o‘tkazishini so‘ra olmayman, chunki bu ikki xil daraja. Gap kimningdir yoshiga qarab yaxshiroq yoki yomonroq ekanligida emas, bular butunlay boshqacha yondashuvlardir. U qo‘lidan kelgancha harakat qiladi.

Tyago jamoaga ko‘p yordam bermoqda, u yaxshi harakat qilmoqda", - deya Pochettinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Nizaar Kinsella.

Tyago Silva joriy mavsum “Chelsi” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.

Kiritildi: 15:58, 09.01.2024.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик