Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Bonuchchi yangi klubi bilan kelishuvga erishdi

Bonuchchi yangi klubi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Italiyalik himoyachi Leonardo Bonuchchi yangi klubi – “Fenerbaxche” bilan kelishib oldi.

Bu haqda jurnalist Yagiz Sabuncho‘g‘li ijtimoiy tarmoqlarda yozdi. 2023 yilning sentyabr oyidan beri Bonuchchi Germaniyaning "Union" klubida o‘ynamoqda.

Nemis klubi safida 10 ta uchrashuvda tajribali italiyalik himoyachi bitta gol urgan. 36 yoshli Bonuchchi Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida o‘ynash imkoniyatini oshirish maqsadida jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani avvalroq xabar qilingandi.

Keyingi yozda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan turnirda "Skuadra Adzurra" kubokni himoya qiladi.

Transfermarkt portali Leonardo Bonuchchini 1,5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:40, 09.01.2024.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик