Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Palmer: "Di Mariya darajasidan uzoqdaman"

Palmer: "Di Mariya darajasidan uzoqdaman"

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer Maurisio Pochettino uni Anxel di Mariyaga o‘xshatgani haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

“Ko‘klar” bosh murabbiyi ingliz futbolchisi o‘z o‘yin uslubida unga Di Mariyani eslatishini bir necha bor ta’kidlagan.

Pochettino yaqinda yana futbolchilarni solishtirib, Palmer kelajakda argentinalik yulduz darajasiga chiqishi mumkinligini aytdi.

"Di Mariya aql bovar qilmas o‘yinchi. Albatta, bunday taqqoslash qimmatli iltifot, lekin men hali ham bu darajadan uzoqdaman", - deya 21 yoshli hujumkor yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Koul Palmer 2023 yilning yozida «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Futbolchi londonliklar safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:48, 10.01.2024.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик