Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Vest Xem" futbolchisining xaridorlari ko‘payib ketdi

"Vest Xem" futbolchisining xaridorlari ko‘payib ketdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining bir qancha jamoalari “Vest Xem” hujumchisi Muhammad Said Benrahmani o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Santi Una ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, joriy qishki transfer oynasida forvardni sotib olishga "Brentford" klubi qiziqmoqda. “Fulxem” va “Vulverxempton” ham 28 yoshli futbolchi uchun kurashishga tayyor.

Qayd etilishicha, Angliya klublari jazoirlik futbolchiga qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Vest Xem" "Lion" bilan ijara bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Benrahma 2020 yildan beri "Vest Xem"da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda forvard "bolg‘achilar" safida barcha turnirlarda 21 o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 22 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 21:01, 10.01.2024.
O'qildi: 1564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик