Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletiko»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi.
Nemis futbolchisi Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) o‘tayotgan uchrashuvning 67-daqiqasida o‘yinga qo‘shildi. Bahs davomida, «Al-Avval Park» stadioni muxlislari nemis futbolchisi har gal to‘pga tekkanida hushtaklar bilan qarshi olishdi.
Avvalroq Kroos Saudiya Arabistoni klublariga hech qachon o‘tmasligini aytgandi.