Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Strasburg” markaziy himoyachisi Moskvaga yo‘l olishi mumkin

“Strasburg” markaziy himoyachisi Moskvaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

“Strasburg” klubi markaziy himoyachisi Jerzino Nyamsi faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” klubida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, poytaxt klubi "Strasburg" bilan 26 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, «qizil-yashillar» allaqachon fransuzga birinchi taklifni yuborishgan. Takidlanishicha, Nyamsini “Byornli” va “Sheffild Yunayted” ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda fransiyalik himoyachi Liga 1da 13ta o‘yinda ishtirok etdi va bitta sariq kartochka oldi.

Nyamsining "Strasburg" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi besh million yevroga teng.

Kiritildi: 20:02, 11.01.2024.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик