Bu hafta Angliya Liga kubogining birinchi yarim finalida "Chelsi" "Midlsbro" mehmoni bo‘lib (0:1) mag‘lub bo‘ldi. Bu natijaga qaramay, London jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino pozitivligicha qolmoqda.
"Kaysedo menga o‘zining "Brayton" jamoasi ham o‘tgan mavsumda u yerda mag‘lub bo‘lganini aytdi. Premyer-liganing ko‘plab jamoalari u yerda mag‘lub bo‘lishadi. Ammo bizda hali ham umid bor va biz "Stemford Bridj"da finalga chiqish uchun kurashamiz", - dedi Pochettino.
"Chelsi" va "Midlsbro" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 23 yanvar, seshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.