Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Superliga-2024. Klublar mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo‘ldi

Superliga-2024. Klublar mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Liga Superliga stadionlari sifatini yaxshilash yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi. Shundan kelib chiqib, 2024 yilgi mavsum startida ayrim klublar o‘z uy arenasida uchrashuvlar o‘tkaza olmaydi.

Ehtimoliy Superligaga qaytishi mumkin bo‘lgan "Dinamo"ning 2024 yilgi mavsum Samarqand shahrida o‘ynay olmasligi o‘tgan yilning 11 aprel sanasida rasman ma’lum qilingandi. "Qizilqum"ning Navoiyda rasmiy o‘yinlarni qabul qila olmasligi esa 16 mart kuni bildirilgan. Shunday asos bilan Bekoboddagi stadionda Superliga o‘yinlarini o‘tkazish to‘xtatilgan. Termizdagi stadion esa yangi mavsum startiga tayyor bo‘lmaydi.

Shuningdek, Liga "Lokomotiv" klubini 2024 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida ham deyarli shunday holat bo‘lib, futbol klubini oldinda kutayotgan ehtimoliy o‘zgarishlardan kelib chiqib, stadionga nisbatan sanksiya kiritiladi.

Ma’lumki, 2023 yilgi mavsumda OKMK, "Bobur arena", "Bunyodkor", "Jar", "So‘g‘diyona" kabi stadionlar maysasi to‘la yangilandi. 2024 yilda "Dinamo" va "Surxon" arena ular safiga qo‘shilishi rejalashtirilgan. Navoiy va Bekobod shahridagi stadionlarning kelgusi rejasi qanday ekanligi borasida aniq axborot hozirgacha yo‘q.

Superliganing 2024 yilgi mavsumiga qur’a tashlash uchun Liga 14 klub mavsumni qaysi arenada boshlanishini aniqlab olishi kerak edi. Bu yo‘lda Liga o‘tgan yilgi mavsum nihoyasiga yetishi bilan harakat boshlagan bo‘lib, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra stadioni talabga javob bermasligi aniq bo‘lgan klublar 10 yanvarga qadar bu muammoni hal qilishi belgilab qo‘yilgandi.

Endilikda "Olimpik" mavsumning dastlabki uch turini "Jar" stadionida o‘tkaza olmaydi. O‘FA rejasiga ko‘ra, martning birinchi yarmida "Jar" OFK musobaqasiga mezbonlik qiladi. Shuning uchun "Olimpik" mavsumni "Bunyodkor"da boshlaydi.

Stadioni mavsum uchun qabul qilinmagan "Dinamo" Jizzaxda, "Qizilqum" esa Buxoroda o‘ynaydigan bo‘ldi. Bunda klub muxlislarining o‘yinlarga tashrifi masalasi ham inobatga olindi.

"Surxon arena"ni mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab ishga tushirish rejalashtirilgan. Unga qadar klub "Paxtakor" bilan bir arenadan foydalanishda davom etadi. "Metallurg" esa OKMK uyidan foydalanib turadi.

Liga tez orada Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlanadigan sanaga oydinlik kiritadi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 11:20, 15.01.2024.
O'qildi: 4827 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.