Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Akramjon Mamadaliyev: «O‘zbekistonda anchagina mashhur bo‘lgan futbochini «Qo‘qon-1912»ga olib kelish bo‘yicha muzokara o‘tkazyapmiz»

Akramjon Mamadaliyev: «O‘zbekistonda anchagina mashhur bo‘lgan futbochini «Qo‘qon-1912»ga olib kelish bo‘yicha muzokara o‘tkazyapmiz»

Baho:
+ | -

Farg‘ona viloyati futbol assosiasiyasi matbuot xizmati «Qo‘qon-1912» vise-prezidenti Akramjon Mamadaliyev bilan intervyu tashkil qildi. Unda jamoa rahbari bo‘lajak mavsumga tayyorgarliklar, stadion va boshqa masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

— Yangi mavsumda «Qo‘qon-1912» jamoasi maqsadi qanday bo‘ladi?
— «Qo‘qon-1912» jamoamiz yangi mavsumda o‘z oldiga maksimal vazifani maqsad qilib qo‘yadi. Biz pro-liga chempionligi hamda superliga yo‘llanmasi uchun kurashamiz. Bu yo‘lda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan vazifalarni murabbiylar shtabi bilan kelishib, yillik reja ishlab chiqqanmiz. Qolaversa, jamoamiz infratuzilmasini ham bosqichma-bosqich halqaro talablarga olib chiqishni reja qilganmiz. O‘tgan mavsumda yo‘l qo‘ygan xato kamchiliklarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, bu yil muxlislarimizni xursand qilishimiz lozim bo‘ladi.

— Tayyorgarlik rejalari xaqida gapirib o‘tsangiz?
— Yangi mavsumga tayyorgarligimiz 5 yanvar kunidan Qo‘qon shahrida boshlangan. Qo‘qonda 1 hafta mahalliy futbolchilar va yosh futbolchilarmiz murabbiylarimiz ko‘rigidan o‘tishdi. 14 yanvardan tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Toshkent shahrida davom etmoqda. Toshkentdagi yig‘inimizda jamoamizga yangi qabul qilingan futbolchilardan tashqari yana bir qator tajribali futbolchilar ko‘rikdan o‘tishadi. Shuningdek poytaxtda bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari ham o‘tkaziladi. Fevral oyining boshidan tayyorgarligimiz qo‘shni Tojikiston respublikasida davom ettiramiz. Undan keyingi, so‘nggi tayyorgarlik bosqichini pro liga musobaqasining o‘yinlar taqvimi, qaysi jamoalar musobaqada ishtirok etishiga qarab belgilaymiz.

— Bu yilgi Pro liga bahslari o‘tgan yilgisidan nimasi bilan alohida axamiyatga ega bo‘lishi mumkin?
— Pro liga bahslari ham superligadan qolishmaydigan darajaga yetib qolgan. Bu yerdagi har bir o‘yin murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini muxlislarimiz ham ko‘rishdi. Bu yilgi musobaqa o‘tgan yilgisidan o‘yinlar sonining ko‘pligi bilan ajralish turishini istagan bo‘lar edim. Chunki o‘tgan mavsum jamoalar 20 tadan chempionat o‘yinlarida ishtirok etishdi. Bu bir yil uchun juda kam deb hisoblayman. Ayni kunlarda PFL rahbariyati ham mana masalada ish olib borishayotgani bizga ma’lum. Balkim musobaqa formati bu yil boshqacha bo‘lar. Hozircha bu borada aniq ma’lumotga ega emasmiz.

— Tarkibni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot bersangiz?
— O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan jamoaning tarkibi ham shunga yarasha bo‘lishi lozim. Shuning uchun bu yil biz ham jamoaning har bir chizig‘ini kuchaytirishimiz lozim bo‘ladi. Ayni kunlarda murabbiylarimiz seleksiya jarayonlarini qizg‘in tarzda olib borishmoqda. «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘tgan mavsumda har bir futbolchi yoki boshqa xodimlarning maosh hamda mukofot pullarini o‘z vaqtida berib bordi va yakunda yilni hech qanday qarzdorliksiz yakunladik. Shuning uchun bu yil futbolchilar o‘rtasida jamoamizga nisbatan ishonch ortdi. Hozir jamoamizga o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan futbolchilar soni ortgan. Tarkibimizga jalb qilayotgan futbolchilar to‘g‘risida bu yerda to‘xtalib o‘tirmayman, sababi klubimiz matbuot xizmati bu borada barcha ma’lumotlarni berib borishmoqda. Bir narsani aytishim mumkin, ayni kunlarda biz O‘zbekistonda anchagina mashhur bo‘lgan futbochi bilan muzokara olib boryapmiz.

— Stadiondagi qayta ta’mirlash ishlari qachon yakuniga yetadi?
— Xabaringiz bor, O‘zPFL respublikamizdagi stadionlarga nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda va bu judayam ijobiy holat deb hisoblayman. So‘nggi yillarda O‘zbekistonimizda juda ko‘plab halqaro standartlarga javob beradigan stadionlar paydo bo‘ldi. Qo‘qondagi «markaziy» stadionida ham o‘tgan mavsumdan boshlab juda katta ishlarni boshlaganmiz. Natijada hozirgi kunda stadionimiz yoritish tizimi tubdan yangilandi. Bu borada bu yil ham qo‘shimcha ishlar qilinadi. Ayni kunda stadion maysasini, drenaj tizimi va sug‘orish tizimini to‘liq rekonstruksiya qilish ishlarini boshlab yuborganmiz. Qo‘shimchasiga stadionimizga yaqin bo‘lgan hududda mashg‘ulot o‘tkazish uchun yangi tabiiy chimli maydon quryapmiz. Bu juda katta proyekt. Yakunda bizda ham halqaro talablarga javob beradigan stadion bo‘ladi. Muxlislarimizga shuni aytishim mumkinki, stadion yoritish tizimini , maydonni , tribunalarni yangilash kabi ishlar anchagina mablag‘ talab qiladigan ishlar hisoblanadi. Shuning biz bu ishlarni bosqichma-bosqich olib boryapmiz.

O‘tgan yil yoritish tizimi yangilandi, bu yil maydon yangilanmoqda. Kelgusi yilda «markaziy» stadionning sharqiy tribunalarini yangilashni reja qilganmiz. Bularga qo‘shimcha tarzda stadionimizdagi tabloni va ovoz kuchaytirgichlarni ham yangilash rejamizda bor. Bu ishlar albatta vaqt talab qiladi, shu fursatdan foydalanib klubimiz va shahsan o‘zimni nomimdan jamoamiz xomiylari, raxbarlarga katta raxmat aytgan bo‘lar edim. Ma’lumot o‘rnida jamoamiz bu yilgi mavsumning birinchi yarmini boshqa stadionda o‘tkazishi aniq. Bu borada Yaypandagi «O‘zbekiston» stadioni bilan kelishuv qilyapmiz.

— Klub matbuot xizmatida bu yil kimlar faoliyat olib boradi?
— Klubimiz matbuot xizmatida o‘tgan mavsumda ishlagan yigitlarimiz ish olib borishadi. Nig‘monxo‘ja Nozimov va Komiljon Hamidov o‘z vazifalarini davom ettirishadi. Qo‘shimcha yana bir nafar xodim, video tasvirchini ishga olishni reja qilganmiz. Hozirda bizda 2-3 nafar nomzod bor. Matbuot xizmati jamoaning yuzi hisoblanadi, shuning uchun bu xizmatda faoliyat olib boradigan xodimlarimiz doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishadi. Matbuot xizmati doim jamoa bilan birga bo‘ladi, xoh u safarda , xoh uyimizda bo‘lsin.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:59, 15.01.2024.
O'qildi: 1241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.