Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Bernardeski yanvarda "Yuventus"ga qaytishga umid qilmoqda

Bernardeski yanvarda "Yuventus"ga qaytishga umid qilmoqda

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasining sobiq vingeri, hozirda Kanadaning “Toronto” klubida o‘ynayotgan Federiko Bernardeski “Yuventus”ga qaytish niyatida. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi "Toronto"ning hozirgi holatidan norozi va A Seriya klublaridan birida o‘ynashga qiziqish bildirmoqda. "Yuventus" vinger uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Qayd etilishicha, turinliklar boshqa xaridlarga e’tibor qaratgan va hozircha Bernardeskini qaytarish ustida ishlamayapti. Shartnoma shu yilning yanvar oyida yakunlanishi dargumon.

Eslatib o‘tamiz, Bernardeski "Yuventus"da besh yil (2017 yildan 2022 yilgacha) o‘ynagan. Joriy mavsumda italiyalik futbolchi “Toronto” safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Kanada klubi bilan shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 5 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:19, 15.01.2024.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик