Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Napoli»: Natijasizlik ortidan o‘zgacha jazo

«Napoli»: Natijasizlik ortidan o‘zgacha jazo

Baho:
+ | -

Italiyaning amaldagi chempioni - «Napoli» joriy mavsum sira o‘ziga o‘xshamayapti.

O‘zi Neapol jamoasida nimalar bo‘l-yapti? Tarkibi binoiydek jamoa yangi bosh murabbiy Valter Massari boshqaruvidagi 10ta o‘yindan 6tasida mag‘lublikni tan oldi. Boz ustiga, oxirgi 4ta uchrashuvning umumiy hisobi chempion uchun sharmandali va kulguli ko‘rinish oldi - 0:9. O‘tgan mavsum duch kelgan raqib ta’zirini bergan «Napoli» hozir «A» seriya turnir jadvalining 9-qatorida. Jamoa kamiga Italiya kubogida ham kurashdan chiqdi.

«Napoli» 7 yanvar kuni «A» seriya 19-turidan o‘rin olgan o‘yinni Turinda «Torino»ga qarshi o‘tkazdi va ortda 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Italiya futboli tarixida amaldagi chempionning birinchi davrani atigi 9-o‘rinda yakunlashi anchadan buyon kuzatilgan emasdi. Tabiiyki, hozirgi salbiy natijalar o‘zgacha fikrlashi va ish tutishi bilan ajralib turadigan klub prezidenti Aurelio di Laurentisni keskin choralar ko‘rishga undamoqda. Italiya matbuotidagi xabarlarga qarasak, oxirgi mag‘lubiyatdan so‘ng «Napoli» o‘ziga xos karantinga olindi. Aniqrog‘i futbolchilar ma’lum vaqt klub bazasidan tashqariga chiqishmaydi va kuchaytirilgan rejimda mashg‘ulot o‘tkazishadi.

«Napoli» sport direktori Mauro Meluso jamoa bazada qolishini tan oldi.

Xullas, futbolchilar haftaning katta qismini yopiq eshiklar ortida o‘tkazishadi. To‘g‘ri, La Gazette dello Sport xabariga qaraganda, «Napoli» rahyubariyati futbolchilarni baza emas, balki Neapoldagi Serapide mehmonxonasida qoldirishga qaror qilgan. Jamoa necha kunga «qamalgani» aniq emas. Taxmin qilinishicha, futbolchilar 14 yanvar kuniga belgilangan «Salernitana» bilan o‘yingacha qadar shu rejimda ishlashadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 15.01.2024.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.