Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Andijon SGS" faoliyatini to‘xtatdi, "Turon"ning taqdiri aniq emas

"Andijon SGS" faoliyatini to‘xtatdi, "Turon"ning taqdiri aniq emas

Baho:
+ | -

Superliga klublaridan keyin Liga Proliga klublariga oid ma’lumotni ham ochiqlaydi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, "Mash’al", "Sho‘rtan", "Qo‘qon-1912", "Xorazm" va "Aral" klublarida mehnat shartnomalarida ko‘rsatilgan oylik ish haqidan muammo mavjud emas. Mazkur klublar smetasi Superliga jamoalariga nisbatan sezilarli kam bo‘lsa-da, ish ayrim jamoalarga nisbatan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

"Buxoro" klubi yetarli darajada axborot taqdim etmadi. Klub ish faoliyatida qator muammolar mavjud. Viloyatning boshqa bir jamoasi "G‘ijduvon"da ham qarzdorliklar mavjud. Shuningdek, klubga oid qator axborotni o‘rganish ishlari davom etayotgan bo‘lib, mazkur holat "G‘ijduvon"ning Proligadagi ishtirokiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.

"Yunired" jamoasida qarzdorlik mavjud. Klub ba’zi masalalarda oldinga qadam tashlagan, biroq O‘FA tomonidan qo‘yilgan talab yuzasidan muammolarga ega. Bu esa klubga nisbatan sanksiya qo‘llanishiga olib ketishi katta ehtimol. Masala 17 yanvar kungi tegishli qo‘mita yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.

"Andijon SGS" faoliyatini to‘xtatgani yuzasidan Ligani xabardor qilgan. Bu masala yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi. "Yangiyer" Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, O‘FA tomonidan qo‘yilgan qator talablar bajarilmagan. Klub Liga bilan muntazam aloqada emas. Uning Proligadagi ishtiroki yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

"Turon" moliyaviy qiyinchiliklar markazida ekani ma’lum. Mazkur klubning Proligada to‘p surishi masalasi aniq emas. Liga "Turon" masalasida qo‘shimcha axborot beradi.

Kiritildi: 19:01, 16.01.2024.
O'qildi: 2341 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.