Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Inter" Taremini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

"Inter" Taremini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Mehdi Taremi yozda "Inter"ga o‘tishi mumkin.

Eronlik hujumchining “Portu” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. “Inter” futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta oxirida Taremi vakillari Milan klubi menejerlari bilan uchrashgan. Futbolchining o‘zi Turkiya va Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishiga qaramay, A Seriyaga o‘tish uning ustuvor varianti ekanligini tasdiqladi.

Mehdi "Portu"ga shartnomani uzaytirmasligi haqida allaqachon ma’lum qilgan. Jamoa bosh murabbiyi Serxio Konseysau futbolchining ambisiyalarini tushunadi va unga xalaqit bermaydi.

Qayd etilishicha, hujumchi “Inter”ga Portugaliya fuqaroligini olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan – buni mamlakatda 5 yil yashaganidan keyin amalga oshirish mumkin. Bu milanliklarga Mehdini Yevropa Ittifoqi o‘yinchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.

Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Taremi 15 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 08:01, 17.01.2024.
O'qildi: 1111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик