Deyarli bir yil avval "Manchester Siti" moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblangan edi. Angliya Premyer-ligasi rahbari Richard Masters bir kun oldin tinglov sanasi allaqachon belgilanganini aytdi, biroq u tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Ishning hajmini hisobga oladigan bo‘lsak, tinglash uzoq davom etishi mumkin. O‘tgan yili Britaniya matbuoti "Manchester Siti" uchun jazo juda jiddiy bo‘lishi mumkinligini yozgan edi.
Biroq, klubning aybi hali isbotlanishi kerak. "Manchester Siti" hozirda APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.