Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ronaldu 2023 yilda nimalarga erishdi?

Ronaldu 2023 yilda nimalarga erishdi?

Baho:
+ | -

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 19 yanvar kuni Globe Soccer Awards-2023 marosimida Diyego Maradona nomidagi mukofot bilan taqdirlanadi. Bu sovrin yil davomida klub va milliy jamoalar miqyosida eng ko‘p gol urgan futbolchi uchun ta’sis etilgan.

***

Krishtianu Ronaldu 2023 yil taqvimidan o‘rin olgan jami 59ta o‘yinda 54ta gol urdi. U shu tariqa to‘purarlar poygasida Kilian Mbappe (53ta o‘yinda 52ta gol), Garri Keyn (57ta o‘yinda 52ta gol) va Erling Xoland (60ta o‘yinda 50ta gol)ni ortda qoldirdi. Eslatma, 2021 yili Maradona nomidagi mukofot Robert Levandovskiga nasib etgandi. 2022 yil yakunida esa sovrin negadir topshirilmadi.

***

Bu vaqtda Krishtianu Ronaldu onasiga tug‘ilgan kuni sharafi bilan Porsche avtomobilini sovg‘a qildi. Doloresh Aveyru xonim 31 dekabr kuni 69 yoshga to‘ldi. «Al-Nasr» hujumchisi bu kunni nishonlash uchun Saudiya Arabistonidan Portugaliyadagi Madeyra oroliga keldi va onasiga Porsche kalitini topshirdi. Darvoqe, Krish onasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan kechaga taklif etilgan braziliyalik xonanda Luan Santanani bahosi 75 ming yevroga teng Rolex qo‘l soati bilan siyladi.

***

Ronaldu shuningdek, Dubaydagi «Milliarderlar oroli»dan ko‘chmas mulk sotib oldi. Bloomberg xabariga ko‘ra, «Al-Nasr» hujumchisining yangi mulki Jumayra Bey hududida joylashgan, biroq futbolchi qancha to‘lagani aniq emas. Taxmin qilinishicha, bu joy Krishga bir necha 10 mln. yevroga tushgan. Hududga «Milliarderlar oroli» nomi berilganiga sabab shuki, u yerda eng badavlat insonlar villalari bor. Odatda «Milliarderlar oroli»dagi ko‘chmas mulk 3 gektar yer, 6ta yotoqxona, sohil bo‘yiga chiqish yo‘li, 7ta avtomobilga mo‘ljallangan garaj, basseyn, yashash xonalari va boshqa qulayliklarga ega bo‘ladi.

***

Krishtianu Ronaldu yevrofutbolda yo‘q, shuning uchunmi, qit’aning kuchli 5ta ligasida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha peshqadamlik Xarri Keyn qo‘liga o‘tdi. Aniqrog‘i, «Bavariya» hujumchisi 2023 yil davomida milliy chempionatlar o‘yinlaridagi samarali harakatlari soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi - 45ta gol va assist.

2023 yili Yevropaning kuchli 5ta ligasida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishgan futbolchilar

1. Xarri Keyn («Tottenxem»|«Bavariya») - 45 ball
2. Kilian Mbappe («PSJ») - 39 ball
2. Muhammad Saloh («Liverpul») - 39 ball
4. Erling Xoland («Manchester Siti») - 38 ball
5. Lautaro Martines («Inter») - 34 ball
5. Antuan Grizmann («Atletiko») - 34 ball
7. Lui Openda («Lans»|«RB Leypsig») - 33 ball
8. Olli Uotkins («Aston Villa») - 32 ball

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:45, 19.01.2024.
O'qildi: 4514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.