Kirish Ro'yxatdan o'tish

Liga-1 klubi bosh murabbiyi: "Ronaldu hech qachon bu yerda o‘ynamagan, qanday qilib baho berish mumkin?"

Liga-1 klubi bosh murabbiyi: "Ronaldu hech qachon bu yerda o‘ynamagan, qanday qilib baho berish mumkin?"

Baho:
+ | -

"Brest" bosh murabbiyi Erik Rua "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya chempionati Fransiya 1-ligasidan yuqori darajada ekanligi haqidagi so‘zlariga javob qaytardi.

“Men uni shu yerga taklif qilaman. U buni inobatga oladimi yoki yo‘q, bilmayman, lekin baribir.

Shunchaki, Ronaldu hech qachon Liga-1da o‘ynamagan, unda qanday qilib solishtirish mumkin? Avval bu yerda o‘ynashi kerak. Men uning fikrini hurmat qilaman, lekin boshqa aytadigan gap yo‘q", - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan buyon “An-Nasr” safida to‘p tepmoqda. Portugaliya terma jamoasi futbolchisining Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:48, 21.01.2024.
O'qildi: 3016 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.