Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

“PSJ”ga "Ronalduning merosxo‘ri" kerak emasmi? Haftaning eng yaxshi transfer yangiliklari

“PSJ”ga "Ronalduning merosxo‘ri" kerak emasmi? Haftaning eng yaxshi transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Yevropa klublari qishki transfer oynasida ishlashda davom etmoqda. Albatta, yozdagi kabi faol emas. Ammo bir nechta yirik bitimlar allaqachon amalga oshirilgan. Oldinda bir nechta kuchli transferlar bo‘lsa kerak.

“Sosyedad” yetakchisi Ronaldu jamoasiga boradimi?

Relevo.com xabariga ko‘ra, "Real Sosyedad" vingeri Takefuso Kubo "An-Nasr"ga o‘tishi mumkin. Saudiya klubi bu mavsumda basklar yetakchisiga aylangan futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Manbaning qayd etishicha, “An-Nasr” Kuboni hujumni kuchaytiruvchi va Krishtianu Ronaldu uchun ajoyib yordam sifatida ko‘radi. 2023 yilning dekabrida osiyolik futbolchi “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Takefuso hozirda Yaponiya terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million yevroga baholagan.

Ikki top-klub Xavi Simonsni “ta’qib” qilmoqda

Jamoa yetakchisi “RB Leypsig” yarim himoyachisi Xavi Simons. U 26ta o‘yinda 7ta gol va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan. "PSJ"dan ijara asosida Germaniyada bo‘lib turgan futbolchining ajoyib o‘yinlariga ikki gigant qiziqib qoldi. Bild nashri "Arsenal" va "Bavariya"dan qiziqish borligini yozgan. Har ikki klub yozda taklif bilan chiqishga tayyor. Ammo “Leypsig”, o‘z navbatida, “PSJ” bilan ijara muddatini 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida. Futbolchining o‘zi, aftidan, yana bir mavsum Leypsigda qolishni istaydi.

Benzema Premyer-ligaga boradimi?

Karim Benzema "Al-Ittihod"dan ketishiga qarshi emas. Fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistonida o‘ynashdan rohatlanmadi. Yig‘indan chetlashtirilgach, u nihoyat klubni tark etishga qaror qildi, deb xabar beradi ESPN “Chelsi” vaziyatdan unumli foydalanishga tayyor. London klubi rahbariyati joriy transfer oynasida hujumni kuchaytirish imkoniyatlarini faol o‘rganmoqda. Shu bois "Chelsi" Benzemani ijaraga olish variantiga murojaat qilishi mumkin. Aytgancha, "Arsenal" ham fransiyalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar o‘ziga jalb qilishga qarshi emas. Shuningdek, “PSJ”ning qiziqishi haqida ham ma’lumot bor edi. Karimni Premyer-liga grandlarining hujumida ko‘ramizmi yoki Mbappe bilan juftlikda ko‘ramizmi?

"Real Madrid" yetakchisi Mbappening transferiga qarshi!

Metro.com nashri qiziqarli yangiliklar bilan bo‘lishdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius Junior "Real Madrid" “PSJ” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga qarshi. Qayd etilishicha, agar fransiyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuv amalga oshsa, vinger “Real”ni tark etishga harakat qiladi. Ammo Vinisiusga "Real"ni tark etish juda qiyin bo‘ladi. Braziliyalik futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

“Inter” Azmunning termadagi sherigiga qiziqyapti

Klubdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli "Inter" kamtarona moliyaviy imkoniyatlarga ega. “Neradzurrilar” yo tekin sotib olish yoki arzon transferlarga murojaat qilishadi. 2024 yilning yozida "Inter"ga yangi forvard keladi. Tabiiyki, erkin agent sifatida. Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Portu" hujumchisi Mehdi Taremi mavsum oxirida "Milan" futbolchisiga aylanishi mumkin. Tomonlar yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnomaga kelishib oldilar. Yakuniy kelishuv 2024 yilgi Osiyo Kubogi yakunlanganidan so‘ng bo‘lishi kutilmoqda.

"Real" "Bavariya" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Ayni paytda madridliklar Ferlan Mendi bilan xayrlashishga qarshi emas. "Real Madrid" fransiyalik futbolchining o‘yinidan shikoyat qilmayapti, ammo klub yozgi transfer oynasida futbolchini sotishga tayyorlanmoqda. Shunday qilib, Devis Mendining o‘rnini egallaydi. Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Myunxenliklar esa Devisni "Chelsi" bilan almashish uchun futbolchi sifatida ko‘rmoqda

"Bavariya" shuningdek, "Chelsi" bilan almashish variantini ham o‘rganmoqda, uning shartlariga ko‘ra, myunxenliklar chap qanot himoyachisi Alfonso Devis “ko‘klar” lageriga o‘tishi mumkin, Ben Chilvell esa teskari yo‘nalishga o‘tadi, deya xabar beradi Bild Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Chelsi"ni boshqargan vaqtida birga ishlagan Chilvellning sifatini yuqori baholadi. O‘z navbatida londonliklar rahbariyati kanadalik himoyachi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.

"PSJ" Ronalduning merosxo‘rini sotadimi?

"PSJ" va hujumchi Gonsalu Ramush futbolchi transferidan so‘ng olti oy ichida yo‘llarini ajratishi mumkin, deb xabar beradi L'Equipe. Parijliklar rahbariyati 22 yoshli portugaliyalikning klubga mos kelishiga ishonchi komil emas. Agar hujumchini sotish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinsa, "PSJ" pul ishlashga harakat qiladi. Ramush o‘tgan yozda "Benfika"dan 65 million yevro evaziga Parij klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi "PSJ" safida barcha turnirlarda 19ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urdi.

Kiritildi: 15:02, 22.01.2024.
O'qildi: 7249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.